O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov shtablarida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Favqulodda va muxtor elchi Kayetana de Zuluyeta boshchiligidagi kuzatuvchilar missiyasi vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqdaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.
Uchrashuvlarda qayd etilganidek, qonunchilikka binoan to‘rtta siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan va ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar o‘z saylovoldi tashviqotini olib bormoqda. Qonunchilik talablariga binoan saylovoldi tashviqoti 14-fevraldan boshlandi va hozirgi vaqtda davom etmoqda.
Nomzodlarning saylovoldi dasturlari O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jahbalarini qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga o‘z saylovoldi dasturlarini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari, shuningdek, barcha 14 ta saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali taqdim qilish uchun teng imkoniyatlar yaratilgan. Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturining asosiy qoidalarini tushuntirish uchun bilbordlar, bosma mahsulotlar, saylovchilar bilan uchrashuvlar, siyosiy reklama va OAV, shu jumladan, partiya nashrlari imkoniyatlaridan foydalanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillariga markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida teng efir vaqti va nashr maydoni, xususan, tegishincha 900 daqiqa va 180 daqiqa efir vaqti hamda 10 va 5 sahifa ajratilgan.
YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi vakillari nomzodlarning saylov shtablari faoliyati, jumladan, siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, ko‘ppartiyaviylik, muqobillik va o‘z fikrini erkin ifodalash singari demokratik prinsiplar asosida ochiqlik va oshkoralik sharoitida o‘tkazilayotgan saylov kampaniyasining turli jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Izoh (0)