Mixail Xodorkovskiyning matbuot kotibi Kulle Pispanen o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali noma’lum shaxslar uning uyi oldida dafn gulchambarini qoldirib ketganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Uyga kelsam − yana bir sovg‘a kutib turibdi”, − deb izoh qoldirgan Pispanen o‘zi Facebook’ka joylashtirgan fotosuratga.
Avvalroq, “otilishi kerak bo‘lgan” siyosatchi va jurnalistlarning ro‘yxati mavjudligi, unda Xodorkovskiy ham borligi, bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ma’lum qilingani haqida xabarlar tarqalgan. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni rad etgan.
Izoh (0)