2015-yilning yanvar−fevral oylarida Qirg‘izistonda 21 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan o‘smirlarning 10 nafari o‘g‘il bolalar, 11 nafari esa qizlar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan bolalarining ta’lim-tarbiyasiga javobgarlikdan bo‘yin tovlayotgan ota-onalarga nisbatan choralar ko‘rilgan. 5 nafar o‘smir maxsus maktablarga, 42 nafar bola bolalar uylariga, 11 nafari esa internatlarga joylashtirilgan.
Izoh (0)