O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-martdagi 60-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2015” ko‘rik-tanlovi boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2015-yilning 1-aprelidan 10-apreliga qadar “Tanlov.uzedu.uz” sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun “Xt.uzedu.uz” tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish lozim.
Ko‘rik-tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
- 1-nominatsiya – eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti. Umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining veb-saytlari o‘rtasida;
- 2-nominatsiya – eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti. Umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘qituvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;
- 3-nominatsiya – eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti. Umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;
- 4-nominatsiya – xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti. Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari) va ular tasarrufidagi tashkilotlar (“Barkamol avlod” markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari o‘rtasida.
Izoh (0)