“Nur Otan” partiyasining 16-syezdida Qozog‘iston Prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovda mamlakatning amaldagi rahbari Nursulton Nazarboyev nomzodini ilgari surish taklif qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Nur Otan” partiyasidan Nursulton Nazarboyev nomzodini Qozog‘iston Prezidentligi uchun rasman ilgari surish va uning roziligini olish taklifi bilan taniqli jamoat arbobi Kenjegali Sagadiyev chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2015-yil 26-aprel kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)