Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Ruslan Koryan Armaniston terma jamoasidan taklif oldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Yevro-2016 saralashida ishtirok etayotgan Armaniston termasi 29-mart kuni Albaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Ruslandan tashqari, Grayr Mkoyan (“Istiqlol”, Eron), Gevork Kazaryan (“Kerkira”, Gretsiya), Genrix Mxitaryan (“Borussiya” D, Germaniya), Norayr Aslanyan (“Almere Siti”, Gollandiya), Artyom Simonyan (“Syurix”, Shveysariya), Gael Andonyan (“Marsel”, Fransiya) kabi taniqli futbolchilar terma jamoadan taklif olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superkubogi bahsida Koryan “Lokomotiv” safidagi ilk rasmiy golini urgan edi. U “Paxtakor” darvozasini penaltidan ishg‘ol etgandi.
Izoh (0)