Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini qo‘llashini aytdi. Shuningdek, u “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yin haqida ham fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Murabbiy senga ishonsa, bu juda yordam beradi. Anchelotti barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatda va biz uni qo‘llaymiz.
‘Barselona’ga qarshi kechadigan o‘yin muhim bo‘lishi turgan gap. Ammo bu o‘yin ham ‘Atletik’ va ‘Levante’ kabi ahamiyatga ega, xolos. Klassiko chempionlik uchun kurashni hal qiladi, deb o‘ylamayman.
Neymar bilan munosabatlarim? U mening do‘stim. Ammo biz birga bo‘lganimizda futbol haqida gaplashmaslikka harakat qilamiz”, – dedi Marselo.
Izoh (0)