O‘zbekiston futbol federatsiyasida 2014-yil yakunlari bo‘yicha bir necha nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov marosimda nutq so‘zlab, O‘zbekiston futboli katta ishlarni amalga oshirib, OFK va FIFA oldida yaxshi obro‘ga ega bo‘lganini qayd etdi.
OFK ham yutuqlarimizni tan olib, Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 4 ta klubimiz ishtirok etmoqda. O‘zbek futbolining obro‘sini mana shu 4 ta klubimiz himoya qilishi kerak. Barcha jamoalarimiz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega. Mana shu 4 ta klubimiz rahbarlari futbolchilarga e’tibor berib, yoshlarning o‘sishini ta’minlash lozim.
OFK va FIFA bilan maslahatlashgan holda yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol federatsiyasining bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladigan bo‘ldi. Biz endi mintaqadagi 6 ta davlatda futbolning rivojiga mas’ul bo‘ldik.
30-aprel kuni OFKning Kongressi bo‘lib o‘tadi. Sardor Rahmatullayev OFK Ijroqo‘m a’zoligiga nafaqat O‘zbekistonnning, balki Markaziy Osiyo vakili sifatida o‘z nomzodini qo‘ydi. Endi OFKning muhim qarorlarini qabul qilishda O‘zbekiston vakili ham ishtirok etadi”, – dedi Mirabror Usmonov.
Izoh (0)