O‘zbekiston futbol federatsiyasida 2014-yil yakunlari bo‘yicha bir necha nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov marosimda nutq so‘zlab, bundan avval O‘zbekiston futboli rivoji va poydevori uchun 8-10 yil kerakligi haqida gapirgani va endi natijalar talab etiladigan vaqt kelganini qayd etdi.
“Men davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiraman, –dedi O‘FF prezidenti. – Yurtimizda 12 ta stadion, 12 ta futbol maktabi va 4 ta akademiya qurib, ishga tushirildi.
Deyarli har bir mahallada mini-futbol maydonlari qurilib, yoshlarimiz sport bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Xabaringiz bor, mustaqillik davrida xalqimizning umr ko‘rish davomiyligi 5 yilga oshdi. Bu ham xalqimizning yutuqlaridan biri”.
Izoh (0)