Hindiston shimoli-sharqida olomon qamoqxonaga bostirib kirib, zo‘rlashda ayblangan kishini o‘lguncha savaladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Voqea Nagalend shtatidagi Dimapur shahrida joylashgan markaziy qamoqxonada sodir bo‘lgan. G‘azablangan olomon zo‘ravonni ko‘chaga olib chiqib, kaltaklagan. Bir qancha shaxsiy avtomobillar va politsiyachilarga o‘t qo‘yilgan.
Shtat politsiyasining ma’lum qilishicha, 23-fevral kuni naga millatidan bo‘lgan qizni zo‘rlashda ayblangan Farid Xon bangladeshlik noqonuniy muhojir bo‘lgan. Tartibsizlik yuzaga kelgach, shaharda komendantlik soati e’lon qilingan.
Izoh (0)