Fransiyaning Kuimper shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 42 ming 500 yevrodan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari davom etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov ham ishtirok etmoqda.
Farrux ilk davrada Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqib, raqibini uch set natijasiga ko‘ra taslim etdi. Bu bilan Do‘stov raqibidan munosib tarzda revansh oldi. Boisi, o‘tgan hafta Fransiyaning Sherburg shahrida o‘tkazilgan xuddi shunday turnirning ilk bosqichida Do‘stov aynan Setkichga imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)