Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Seulda AQSh elchisi Mark Lippertga qilingan hujumni AQSh va Janubiy Koreya ittifoqiga qilingan tajovuz deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Avvalroq, diplomatga uyushtirilgan hujumni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi, AQSh Davlat departamenti, AQSh davlat kotibi Jon Kerri qoralab chiqqan, AQSh prezidenti Barak Obama esa elchi bilan telefon orqali gaplashgan.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi Mark Lippertga Koreya birlashuvining tarafdori bo‘lgan 55 yoshli janubiy koreyalik pichoq bilan hujum qilib, jiddiy jarohat yetkazgan edi.
Izoh (0)