Ota-onasi Janubiy Afrikada xizmat vazifasini o‘tayotgan opa-singillar Kaylin va Sindi Sazerlend o‘zlari o‘tirgan avtomobilning eshigini ochgan yosh sherni suratga oldi, deb xabar bermoqda Meduza.
https://www.youtube.com/watch?v=yeaztQK9If0
Oilaviy avtomobil dam olib yotgan sherlar to‘dasi yonidan o‘tib ketayotganda sherlardan biri mashinaga yaqinlashib, eshik dastagini tishlab ko‘targan va uni ochgan. Qizlar tezda eshikni yopib, qulflab qo‘yishgan va ularga zarar yetmagan.
Izoh (0)