2014-yil iyul oyida Ukraina sharqida halokatga uchragan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti Rossiya qurilmasidan uchirilgan “Buk” raketasi yordamida urib tushirilgan. Bu haqda Niderlandiya prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa fojeadan biroz vaqt oldin Rossiyadan Ukrainaga keltirilgan. Bunga ko‘plab foto va video materiallar, shuningdek, topib so‘roq qilingan guvohlarning ko‘rsatmalari dalil bo‘lgan. Hozirda guruh aybdorlarni va ularga qarshi dalillarni topish bilan shug‘ullanmoqda.
Shuningdek, Rossiya maxfiy xizmatlari Niderlandiya politsiyasi va prokuraturasi kompyuter tizimlariga kirishga va ularni buzishga urinayotganiga jiddiy dalillar borligi ma’lum qilingan. Ukrainada ishlatilgan smartfon va noutbuklarga Spyware josus dasturi o‘rnashib olgani tufayli ularni yo‘q qilishga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)