Aktyor Tom Kruz, rejissor Gay Richi va futbolchi Devid Bekxem selfiga tushish uchun Londondagi Vellington arkiga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Uch og‘ayni Bekxemning Haig Club markasidagi viskisi taqdim etilgan ziyofatdan qaytayotgan edi. Ushbu ichimlik reklama roligi rejissori aynan Gay Richi bo‘ldi. Tom Kruz esa Londonga “Bajarib bo‘lmas topshiriq” filmining beshinchi qismida suratga tushish uchun kelgan edi.
Arkda olingan selfini futbolchi o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi.
Sportchining rafiqasi Viktoriya Bekxem xavfli sarguzashtni mashinadan chiqmasdan kuzatdi. Hodisani ko‘zdan qochirmagan fotosuratchilar uning norozi yuz ifodasini kadrga muhrladi.
Izoh (0)