AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Devid Petreus tergov bilan kelishuv doirasida maxfiy hujjatlar bilan muomala qilish qoidalarini buzganligini tan oldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Sud hujjatlarida aytilishicha, Petreus o‘zining qayd daftarchalarini u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan jurnalist Paula Borduellga berganini tan olgan. Qayd daftarlarida Petreusning Afg‘onistondagi koalitsiya kuchlari qo‘mondoni lavozimidagi faoliyatiga bog‘liq maxfiy va nomaxfiy ma’lumotlar bo‘lgan.
Jumladan, ular orasida Afg‘onistonda yashirin faoliyat yuritayotgan maxsus xizmatlar xodimlarining soni, harbiy operatsiyalar rejalari, maxfiy kodlar, shuningdek milliy xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishlarda yozilgan qaydlar bo‘lgan. Petreusning tergov bilan qaysi shartlar asosida kelishgani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)