Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov respublikada sudlangan noqonuniy qurolli tashkilotlar a’zolarining ko‘pchiligiga nisbatan amnistiya e’lon qilishni yoqlab chiqdi, deb yozadi Interfax.
“Mening ixtiyorimda bo‘lganida edi, o‘tgan yillarda qo‘lga olinganlarning ko‘pini ozod qilgan bo‘lardim. Chunki bizda qiyin harbiy vaziyat yuzaga kelgan edi”, — dedi u.
U “odamlarni qutqarish uchun ushbu vaziyatni tushunish”ga chaqirdi. “Qonunda kishilarning xato qilishi mumkin emasligi haqida yozilmagan. Biz bu odamlar tinchgina yashab, mehnat qilishi, o‘z oilalari davrasida bo‘lishi tarafdorimiz”, — deya ta’kidladi respublika rahbari.
Izoh (0)