Guliston shahar IIBga “Ekstrakt-yog” OAJ ishchisi ariza bilan murojaat qilib, kechasi noma’lum shaxslar xizmat xonasiga kirib, temir seyfdan 7 million so‘m pulini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida o‘g‘irlikni shu korxonaning ikki nafar qorovuli sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)