2015-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili “Oliy o‘quv yurtining eng yaxshi o‘qituvchisi” umumrespublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 24-fevraldagi qarorida ko‘zda tutuilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. 1-apreldan 31-maygacha oliy o‘quv yurtlarining ichkarisida o‘tkaziladigan bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim qilingan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-marifiy materiallar tahlil qilinadi, shuningdek ochiq darslar o‘tkaziladi va baholanadi. 2−20-sentabr kunlari o‘tkaziladigan Respublika bosqichida esa ishtirokchilarning taqdimotlari va oliy o‘quv yurtlarining tavsiyanomalari ko‘rib chiqiladi, keyin qatnashchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etadi.
G‘oliblar 25 yo‘nalish bo‘yicha uchta nominatsiyada: “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi tadqiqotchi pedagog” hamda “Innovatsiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi pedagog” aniqlanadi. Tanlov g‘olibi diplomi darsliklar chiqarish va maqolalar chop etish bo‘yicha talablarni bajarishga tenglashtiriladi va bu ilmiy darajalarga nomzodlik qilish uchun yordam beradi.
Izoh (0)