Amerikaning General Motors korporatsiyasi iyun oxirida o‘zining Indoneziyada ikki yil faoliyat ko‘rsatgan Chevrolet Spin modelidagi avtomashinalar chiqaruvchi zavodini yopadi. Bu haqda korporatsiyaning xalqaro bo‘linmasi vitse-prezidenti Stefani Jeykobiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Shu tariqa, Amerika kompaniyasi 90 foizi Yaponiya kompaniyalari tomonidan boshqariladigan avtomobil bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga urinishlari muvaffaqiyatsiz kechganini tan oldi.
“GM ba’zi omillar, jumladan komponentlarning baland narxi tufayli bunday qarorga keldi”, — deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.
Izoh (0)