Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasi doirasida Samsung Elektronics va SK Telecom kompaniyalari beshinchi avlod yuqori tezlikli mobil tarmoqlar (5G)ni rivojlantirish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar haqida gapirib beradi, deb yozadi “3dnews.ru”.
Xabar berilishicha, sheriklar axborotni soniyasiga 7,55 gigabitgacha tezlikda uzatish imkoniyatini beruvchi 5G-aloqa tizimini namoyish etadi. Ushbu tajribaviy tizim millimetrli diapazondan foydalanishga asoslangan.
Samsung va SK Telecom 5G-tizimlardan taxminan 2020-yilda tijoriy foydalanishni boshlamoqchi.
Izoh (0)