Toshkentning “Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisiga aylangan Aleksandr Geynrix Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Qayd etilishicha, “Ordabasi” jamoasi Geynrixni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Geynrix faoliyati davomida O‘zbekistonning “Do‘stlik”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, shuningdek, Rossiyaning SSKA, “Torpedo”, Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung Blyuvings”, BAAning “Emireyts” hamda Qozog‘istonning “Aktobe” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)