“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent metropolitenining poytaxt metrosi ish rejimiga bog‘liq qator savollarga javoblarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Qayd etilishicha, metroning turli yo‘llarida tig‘iz vaqtlarda poyezdlar kelishi oralig‘i har xil belgilangan. Jumladan, Chilonzor yo‘lida har 4 daqiqada, O‘zbekiston yo‘lida 5 daqiqa, Yunusobod yo‘lida esa 8 daqiqada poyezdlar keladi.
Shuningdek, soat 20:00 dan keyin poyezdlar kelishi oralig‘i 15 daqiqagacha uzaytirilishini sababi sifatida bu vaqtda yo‘lovchilar oqimining sezilarli darajada pasayishi ko‘rsatilgan va bu ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilishi aytilgan.
Bundan tashqari, poyezdlar bekatlarda 15 soniyadan ortiq to‘xtab turmasligi lozimligi aytilgan. Plastik kartochkalar orqali to‘lovni amalga oshirish uchun terminallar bekatlarning aksariyat qismida (43 ta kassada) o‘rnatilgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)