O‘zbekistonda transport sohasidagi kichik korxonalar xodimlarining o‘rtacha yillik sonini ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga tegishli o‘zgartishlar kiritish loyihasi Yagona davlat interaktiv xizmatlari portaliga muhokama uchun qo‘yilgan.
Hozirda transport sohasidagi kichik korxonalar 25 nafardan ortiq xodimga ega bo‘lishlari mumkin emas. Qonun loyihasi ularning sonini 50 kishigacha yetkazishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)