Krishtianu Ronalduning asosiy homiysi va uning nomida CR7 brendi ostida kiyimlarni ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi “Real” futbolchisining oyoq kiyim ishlab chiqarish fikriga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, Ronaldu Portugaliyaning kiyim ishlab chiqaruvchi Portugal Footwear kompaniyasi bilan hamkorlikda kundalik va sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bunga javoban Nike Ronalduga shartnomani bekor qilish bilan tahdida qilgan. Ushbu kelishuvga binoan kompaniya har yili Ronalduga 7 million yevro to‘laydi.
O‘zining bosh homiysi bilan kelisha olmagach, portugaliyalik futbolchi o‘z nomidan chiqarishni rejalashtirgan barcha oyoq kiyimlarni muomaladan chiqargan.
Izoh (0)