Uolt Disney studiyasi o‘zining taniqli “O‘rdak qissalari” (Duck Tales) multserialini qayta yaratadi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Unda bosh qahramonlar milliarder Skruj Makdak hamda uning jiyanlari Billi, Villi va Dilliligicha qoladi. AQSh OAVlari yozishicha, serial ekranlarga 2017-yilda chiqadi.
“O‘rdak qissalari” kompaniyaning ilk muvaffaqiyatli teleloyihalaridan biri bo‘lgan. Jami 100 ta seriya va bitta to‘liq metrajli multfilm suratga olingan.
Izoh (0)