Xitoyning Xubey viloyatida yashovchi ota-ona qaylig‘i yoqmagani uchun olti yil davomida o‘z qizini pichanxonada qamab keldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Shu viloyatda yashovchi Chou Jen internetga chiqargan suratda qiz nosanitar sharoitlarda saqlangani ko‘rinib turadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz qaylig‘ining oldiga qochib ketishga bir necha marta uringach, 2009-yilda ota-onasi uni pichanxonaga qamab qo‘ygan.Ota-onasi esa qizni o‘zining xavfsizligi uchun qamashganini, chunki u ruhiy kasal ekanligini aytishgan. Qayd etilishicha, politsiya ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshlagan. Shuningdek, aholi va mahalliy organlar ushbu holatdan xabardor bo‘lgani, biroq ota-onasining hurmati balandligidan buni aytishga jur’at qilolmay kelgani aytilgan.
Izoh (0)