Toshkent viloyati Zangiota tumanidan bo‘lgan ayol poytaxtning Sergeli tumanida uni ikki nafar ayol urgani haqida xabar berdi, deb ma’lum qiladi “Postda” gazetasi.
Zangiotalikning so‘zlariga ko‘ra, ayollar uning 1 million so‘m pulini tortib olib qochib ketgan. IIBga berilgan murojaat asosida ichki ishlar idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. Tez orada talonchi ayollar qo‘lga olindi. Ushbu jinoyatni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi ishsiz ayollar sodir etgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)