Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev muddatidan avvalgi prezident saylovlarini 26-aprelga belgiladi, deb xabar beradi “Kun.uz” “RIA Novosti” axborotiga tayanib.
Qayd etilishicha, bu haqda Qozog‘iston prezidenti tegishli farmonni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston parlamenti Senati 19-fevral, payshanba kungi majlisda davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga yo‘naltirilgan murojaatnomani qabul qilgan, unda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini tayinlash so‘ralgan edi.
Izoh (0)