Yaqin kunlarda nashr etilgan O‘. Hasanboyevning “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari” nomli yangi kitobi turli darajadagi kitobxonlar qo‘llariga yetmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy saytida xabar berildi.
Ushbu kitobda O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlar, tasavvuf va respublikada bugungi kunda faoliyati kuzatilayotgan so‘fiy “tariqatchilar” jamoalari, Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar, norasmiy diniy jamoalar, missionerlik bilan bog‘liq masalalar haqida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, diniy ekstremizm, missionerlik va diniy sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan aksiltarg‘ibot va profilaktik ishlari tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida ishlatiladigan ayrim atamalarning izohi, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolar vijdon erkinligini ta’minlash hamda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlari, ayrim qonun, xalqaro shartnomalar va me’yoriy hujjatlarning ko‘chirmalar keltirilgan.
Boshqacha qilib aytganda, mazkur kitobda din sohasiga oid barcha zarur va dolzarb mavzularda so‘z yuritilgan.
Izoh (0)