O‘zbekiston kubogi sohibi “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk marta OChLning guruh bosqichida ishtirok etadi. “Temiryo‘lchilar” Ar-Riyodda “Al Hilol” mehmoni bo‘lishadi. Toshkentliklar ustozi Vadim Abramov o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“‘Al Hilol’ Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Raqibimiz juda yaxshi jamoa ekanini bilamiz. Ular to‘pni juda yaxshi nazorat qilishadi. Shu bilan birgalikda ular milliy chempionatda murakkab vaziyatni boshdan kechirishmoqda. Ammo ular Chempionlar ligasida butunlay boshqacha o‘yin qilishlari mumkin”, − deydi Vadim Abramov.
“O‘yin qiyin bo‘ladi. ‘Al Hilol’ o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi va yaxshi natijaga erishishga harakat qiladi. O‘zbekistonda milliy chempionat boshlanmagan, ammo biz musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik‘, − dedi Abramov.
Izoh (0)