Italiyalik aktrisa Ornelle Muti Pordenoni shahridagi Verdi teatrida spektaklga kelmagani uchun sakkiz oylik qamoq va 600 yevrolik jarimaga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda Il Giornale.
Spektaklda va’da berilgan rolni o‘ynash o‘rniga aktrisa 2010-yilda o‘sha paytda Rossiya bosh vaziri bo‘lgan Vladimir Putin va amerikalik aktyor Kevin Kostner bilan Sankt-Peterburgda kechki ovqatni birga baham ko‘rgan. Muti ushbu kechada ishtirok etganini videolavha tasdiqlaydi.Biroq aktrisa spektaklga kelmaganiga sabab sifatida kasallikni ko‘rsatgan. Tibbiy ma’lumotnoma uni 25 ming yevro miqdorida gonorar olganiga qaramay sahnaga chiqish majburiyatidan ozod qilgan. Endi Muti yo qamoqqa yo‘l olishi kerak, yoki bundan qutulish uchun teatrga 30 ming yevro tovon puli to‘lashi kerak.
Izoh (0)