Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi fuqarodan kelib tushgan arizada noma’lum shaxs uning Mirobod tumani Gospital dahasida qarovsiz qoldirilgan, Jeyran RTM 50 rusumli skuterini o’g’irlab ketganligini ma’lum qilgan, deb yozadi IIV Matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasining tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Mirobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)