O‘zbekistonda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Namunali militsiya tayanch punktlari” ko‘rik-tanlovi orqali tizimdagi eng ilg‘or tajriba va yutuqlar ommalashtirilmoqda. “Turkiston” saroyida mazkur tanlovning 2014-yil bo‘yicha mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.Ahmadboyev va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida xalqning tinch va farovon hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilganini ta’kidladi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 militsiya tayanch punkti ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy nomidagi mahallada joylashgan 86-militsiya tayanch punkti, Namangan viloyati Namangan tumanidagi Qurama mahallasida joylashgan 21-militsiya tayanch punkti, Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Soliobod mahallasida joylashgan 23-militsiya tayanch punkti, Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Buyuk ipak yo‘li mahallasida joylashgan 116-militsiya tayanch punkti birinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblarga Matiz avtomobillari topshirildi.
Tanlovda ikkinchi va uchinchi o‘rinlar, boshqa bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)