Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi boshlig‘i statistik hisobotlarni vaqtida topshirmagani uchun qo‘llanilgan 672 ming so‘m miqdoridagi jarimani yo‘q qilib berish evaziga “Fidoyilar dalasi” fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 ming so‘m pora olganida ushlandi.
Unga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi, deyiladi manbada.
Izoh (0)