Rossiya prezidenti Vladimir Putin Murmansk viloyatining Kovdor shahrida yashovchi 10 yoshli Veronika Bezuglovaga mushuk bolasini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Putinga yozgan maktubida Veronika oilasi mablag‘ yetishmovchiligi tufayli zotdor mushukni sotib ololmasligini ma’lum qilgan. Rossiya prezidenti xatni olgach, qizchaga kulrang shalpangquloq mushukchani sovg‘a qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin o‘tgan yilning dekabr oyida tobolsklik Katya Shevelovaga, 29-dekabrda shimoliy osetiyalik to‘rtinchi sinf o‘quvchisiga, shuningdek omsklik 4 yoshli qizcha Masha Kozlovaga labrador zotli kuchuk bolalarini sovg‘a qilgan edi.
Izoh (0)