“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi – 2015” mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
So‘rov o‘tkazishdan maqsad aholining yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi xabardorligi, o‘z saylov huquqlari va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunni qay darajada bilishini aniqlashdan iboratdir.
Jamoatchilik so‘rovida aholining turli ijtimoiy guruhlari – erkaklar va ayollar, yoshlar, pensionerlar, turli millat va din vakillari, shahar va qishloq aholisi ishtirok etdi.
Bo‘lajak saylov haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish tadqiqotlari natijasi shundan dalolat beradiki, aholining asosiy qismi – 97,2 foizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tishidan xabardor.
So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati o‘zining saylov huquqlari va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun haqida yetarlicha ma’lumotga ega. Ishtirokchilarning 91 foizga yaqini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti milliy qonunchilikka muvofiq besh yil muddatga saylanishidan xabardor ekanini ta’kidlagan.
Izoh (0)