Kolumbiya Milliy universiteti olimlari Tolima departamenti hududida hozirgacha fanga ma’lum bo‘lmagan dengiz dinozavri turini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yangi mozazavr turi vakilining skeleti yaxshi saqlangan. Skeletning bosh suyagi uzunligi 41,5 santimetrga teng. Bundan tashqari suyaklarda mayin to‘qimalar aniqlangan bo‘lib, bu paleontologiyada noyob hisoblanadi. Yangi tur qoldiqlar topilgan hududdagi posyolka nomi bilan Eonatador coellensis deb atalgan.
Qayd etilishicha, uzunligi 17 metrgacha yetadigan mozazavrlar oilasi vakillari sohilbo‘yi suvlarida yashagan va o‘zlari kuchi yetgan istalgan turdagi hayvonga hujum qilgan.
Izoh (0)