“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Uzbekistan airways technics aviakorxonasida Rossiyaning “VIM-Avia” aviakompaniyasi samolyoti texnik ko‘rikdan o‘tmoqda, deb xabar berdi “12news.uz”.
Qayd etilishicha, korxonaning doimiy mijozi bo‘lgan “VIM-Avia” aviatashuvchisiga tegishli Boeing 757-200 samolyoti texnik xizmat ko‘rsatishning og‘ir shaklidan o‘tkazilmoqda.
Ushbu samolyotning C-check texnik ko‘rigi tugatilgach, xuddi shu aviakompaniyaning yana bir Boeing 757-200 samolyoti texnik ko‘rik uchun qabul qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)