2015-yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Riaz Husain Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston - Pokiston o‘zaro aloqalarining hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, 2015-yilgi ikki tomon uchrashuvlari jadvali, jumladan, hamkorlikning qo‘shma institutlari navbatdagi yig‘ilishlari muhokama qilindi.
Izoh (0)