O‘zbek Milliy akademik drama teatrida 14-fevral kuni Bobur tavalludining 532-yilligiga bag‘ishlab “Nafosat gulshani” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, adabiyot ixlosmandlari, iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri S. Sayyid va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ongu qalbiga vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini chuqur singdirishda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy merosi ham katta ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur bitgan o‘lmas asarlarning jahon adabiyotidagi yuksak maqomi, yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida fikr yuritildi. Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Shoir she’rlari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Teatr foyyesida buyuk shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tasviriy va amaliy san’at namunalari, Bobur asarlari va boburshunoslikka oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Izoh (0)