2015-yil 12-fevral kuni Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligida Ukraina Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Viktor Mayko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston TIV matbuot xizmati.
Muzokaralar jaryonida joriy yilning birinchi yarmida Ukraina prezidentining Turkmanistonga uyushtirilajak tashrifiga oid masalalar ham muhokama qilingani qayd etilgan.
Shuningdek, Turkmaniston Ukraina tomonini “Betaraflik va tinchlik yili”ga bag‘ishlangan tadbirlarda, Turkmanistonning Doimiy betarafligining 20 yillik yubileyida ishtirok etishga taklif qilgan.
Izoh (0)