Italiyaning Bergamo shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 yevroni tashkil etuvchi musobaqada Farrux Do‘stov O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti, deb xabar berdi “Olamsport”.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi juftlik bahslaridan so‘ng yakkalikda ham g‘alaba nashidasini surdi. Do‘stov ilk bosqichida fransiyalik David Guesga qarshi kortga chiqdi va raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi davra uchrashuvida Farrux Do‘stov belgiyalik Maksim Autom bilan hisob-kitob qiladi. Belgiyalik tennischi dunyo reytingida 196-pog‘onadan joy olgan. Hamyurtimiz esa 118-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)