AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaning kuchsiz iqtisodiyoti Moskvaning o‘zi uchun ham, Vashington uchun ham jiddiy tahdid ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bu Rossiya uchun yomon, uzoq istiqbolda esa AQSh uchun ham yomon. Chunki agar Rossiya inqiroz ichida bo‘lsa, u 21-asrda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lmagan bosqinchilik g‘oyalariga qaytishi mumkinligi tahdidi bor”, − dedi Obama.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qo‘shnilari bilan munosabatlarini yaxshilash va Rossiya haqida post-sovet zo‘ravoni sifatidagi tasavvurlarni o‘zgartirish bo‘yicha qator imkoniyatlarni o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)