Yaponiyaning Hitachi High Technologies kompaniyasi baxtni o‘lchovchi qurilmani ixtiro qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”. Uning yordamida rahbariyat xodimlarning o‘z ishlaridan qanchalik mamnunligini aniqlashi mumkin.
Kredit kartasi hajmidagi qurilmaga sensorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular joylashtirilgan odam ayni paytda nima qilayotganini: o‘tirgani, turgani, harf terayotgani yoki boshini qimirlatayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, sensorlar kim kim bilan gaplashayotganini yozib, xodimlar guruhining holatini aniqlaydi.Hitachi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurilma rahbarlarga kompaniyani baxtliroq qilib, mehnat samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yangi qurilma Yaponiyada joriy yilning aprel oyida sotuvga chiqadi va yiliga 100 ming iyena (840 dollar) ga tushadi.
Izoh (0)