Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani Ichki ichlar bo‘limi navbatchi qismiga o‘g‘rilik haqida ma’lumot kelib tushdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Tumanda yashovchi kishi o‘zining Damas rusumli avtomobilida uyiga kelgan, birozdan keyin ko‘chaga chiqqach, mashina joyida bo‘lmagan.
Jabrlanuvchi bergan arizaga asosan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi va tez orada o‘g‘ri qo‘lga olindi. U shu tumanda yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)