Bugun, 7-fevral kuni Tailanddagi “Qirol Kubogi” musobaqasida so‘nggi 3-tur o‘yinlariga start berildi. Musobaqaning 3-turida Gonduras terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Shuhrat Maqsudov jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
O‘zbekiston terma jamoasi safida gollarga Diyor Turopov hamda Jahongir Abdumo‘minov mualliflik qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi turnirning 1-tur o‘yinida Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 2-turda mezbon — Tailand terma jamoasini yirik 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)