Alisher Navoiy o‘zining “Farhod va Shirin” dostonidan inson aqli va mahorati evaziga yaratish mumkin bo‘lgan kashfiyotlar haqida so‘z yuritgan. Bu haqda filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 400 nafar olim tomonidan yaratilgan Iskandar oynasi zamonaviy televideniye, shuningdek Internet belgilarini ko‘rsatib bergan.
“Saddi Iskandariy” dostonida esa dengiz ostini tadqiq qiluvchi suvosti kemalari, Iskandarning daryolar uzunligini o‘lchashi, butun dunyoni ko‘rsatuvchi kosa kabi noyob buyumlar haqida eslatilgani qayd etilgan.
Izoh (0)