Alisher Navoiy Xamsaning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”da eskalator va lift haqidagi farazlarni o‘qigan mashhur sharqshunos olim Bertels ham hayrat og‘ushida qolganini yashirmagan ekan, deb yozadi “Ziyouz.com”.
Poyalar maqdamida bo‘lg‘ay past,Aylagay bir-biri yuziga nishast.Chun sekiz poya qat’ bo‘ldi tamom,Aylagach shoh o‘z yerida maqom.Yana ul poyalar baland o‘lg‘ay,Taxtidin shoh bahramand o‘lg‘ay.Kim, qayon shah bo‘lur nishotangez,Oz ishorat bila yugurgay tez.
Ma’nosi shunday: “Shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, pillapoyalar uning qadam qo‘yishi uchun pasayib, bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu 8 poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tariladi. Shoh qay tarafga qarab o‘tirishni xohlasa, ozgina ishorat kifoya. Taxt o‘sha tarafga qarab aylanadi”. Bu yerda keyingi asrlarda, yanayam aniqrog‘i — 1892 yilda amerikalik kashfiyotchi Jessi Reno tomonidan yasalgan eskalator haqida gap ketayotganiga shubha yo‘q. “12news.uz”da yozilishicha, bu yerda avtomobilga ham ishora bor.
Izoh (0)