Filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayevning so‘zlariga ko‘ra, Alisher Navoiyning ko‘plab asarlarida, hattoki she’riyatida o‘z davri uchun fantastic darajada tasavvur qilib bo‘lmaydigan ilmiy g‘oyalar ilgari surilgan, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida “Men bir muhandis topib, o‘zimga qanot buyurtirsam, qushlarga qo‘shilib, osmonda ucholsam” ma’nosini anglatuvchi misralar bor.
Qayd etilishicha, Navoiy bu yerda uchar gilam yoki uchar otga o‘xshash obyekt haqida gapirmayapti. U aynan ilmiy ma’noda uchishga yordam beruvchi qanotlar haqida yozgani ta’kidlangan.
Izoh (0)